Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
Oliy ta’limdan keying ta’lim
Universitetda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 22.05.2017 yildagi 304-son Qarori asosida “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari huzurida fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish” maqsadida ochilgan. Natijada, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik ta’lim tizimining samaradorligini oshirish va o‘z muddatida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga erishiladi.
Tadqiqotchilarga yaratilgan sharoit
Bilimli, kreativ ilmiy pedagogik kadrlarni doktorantura tizimida o‘z muddatida himoya qilishlari uchun izlanuvchilarga maxsus sharoitlar yaratilgan: har bir bosqich doktorantlari alohida jihozlangan xonalar, ish joylari, internetga ulangan kompyuterlar bilan ta’minlangan; Web of Science, Scopus, Google Scholar, Thomson Reuters, EBSCO, Information Services, ProQuest va boshqa ilmiy ta’limiy axborot manbalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Tadqiqotchilarga qo‘yilgan talablar
Doktorantlar oyma-oy bajarilishi lozim bo‘lgan shaxsiy ish rejasida dissertatsiya ustida uch yil davomida mutaxassislik bo‘yicha nazariy kurs, nazariy metodologik kurslarni o‘zlashtirish, ilmiy maqolalar yozish, malakaviy imtihonlar topshirish, ilmiy ishni yakunlash, ilmiy seminarlar tashkil qilish, pedagogik tajriba orttirish talablari qo‘yilgan.
Anjuman va seminarlar xonasi
Anjuman va seminarlar xonasida doktorantlar doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha bajarilgan ishlari haqida hisobot beradilar, prezentatsiyalar qiladilar. Yil davomida turli ilmiy tadbirlar va majlislar o‘tkaziladi. Yetakchi xorijiy va respublika olimlari tomonidan ilmiy ma’ruzalar, master klasslar, “Doktorantlar uyushmasi” yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi. Iqtidorli talabalar bilan ilmiy to‘garaklar olib boriladi.
Doktorantlar uyushmasi
“Doktorantlar uyushmasi” bir necha yillar mobaynida quyidagi maqsadlarda faoliyat yuritadi: ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida ilmiy-amaliy maydoncha yaratish; har bir doktorantning ilmiy jamoa oldida izlanish natijalarini taqdimot qilish madaniyatini shakllantirish; ilmiy ishni tahlil qilish; o‘zaro yordam ko‘rsatish va ilmiy izlanishlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish; xorijiy yetakchi ilmiy markazlardagi olimlar bilan hamkorlikni amalga oshirishga ko‘maklashish.