14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan...

O‘zDJTU Angren fakulteti tyutori S. Manazarov tashabbusi bilan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni arafasida voleybol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

 

 

Mazkur musobaqada O‘zDJTU Angren fakulteti talabalari, Angren shahar 42219-harbiy qismi, Yoshlar ishlari agentligi Angren bo‘limi yetakchilari, Angren MFY yoshlari, Angren universiteti talabalari hamda  20- va 22-umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

Musobaqa ko‘tarinki kayfiyat, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. Tadbir yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube