2-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo’lib o’tdi.
Ilmiy seminar yig’ilishida tadqiqotchi Xusanova Zuxra Almamat qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan “AQSh va O’zbekiston matbuot matnlarining lingvopragmatik xususiyatlari (ijtimoiy-siyosiy gazetalar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Dastur davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.