2024-2025 o’quv yili uchun o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti” natijalari e'lon qilindi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavriat bosqichida tahsil oluvchi 6 nafar talabalarimiz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun o’tkazilgan tanlovda ishtirok etdi.
Ulardan 5 nafari “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti sovrindorlari deb topildi.
Talabalarni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!