2026/2027-o‘quv yili qabul jarayoniga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

2026/2027-o‘quv yili qabul jarayoniga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etish hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 



Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati, o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar hamda qabul jarayoniga mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonini belgilangan tartibda, shaffof va adolatli tashkil etish, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish hamda qabul jarayonida ochiqlik va xolislikni ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube