Har yili 21-sentabr kuni xalqaro hamjamiyat Xalqaro tinchlik kunini nishonlaydi.

Bu kun Bosh Assambleya tomonidan barcha mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida ham milliy, ham xalqaro miqyosda tinchlik gʻoyalarini mustahkamlash kuni deb eʼlon qilingan. Lekin chinakam tinchlikka erishish urushni to'xtatishdan ko'ra ko'proq narsani talab qiladi. Hamma odamlar uchun teng imkoniyatlarga ega jamiyat qurish kerak. Bu irqidan qat'i nazar, barcha odamlarga teng munosabatda bo'ladigan dunyoni yaratishni o'z ichiga oladi. 

    

 

Shu munosabati bilan 20-sentyabr kuni O'zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Dilfuza Rasulmuhamedova tomonidan “Tinchlik – insoniyat uchun eng buyuk ne’mat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ingliz filologiyasi talabalari ishtirokida o'tgan tadbirda tinchlik, o‘zaro totuvlik hurmat va hamjihatlikka asoslangan jamiyatni yaratishini, turli ziddiyatlardan yiroq bo‘lish, boshqalarning fikrini tushunishga intilish va har bir insonning huquqlariga hurmat bilan qarash – tinchlikning mustahkam poydevori ekanligi haqida fikr almashildi. 
Tadbir davomida talabalar mavzu doirasida qizg’in ta’riflar bilan davra suhbatini boyitishdi. 

Tinchlikni asrash uchun har birimiz mas’ulmiz. Kichik harakatlar – mehribonlik, kechirimlilik va yordamga tayyorlik orqali biz jamiyatimizda tinchlikni mustahkamlashimiz mumkin. Chunki tinchlik – bu faqat urushning yo‘qligi emas, balki odamlarning o‘zaro ahil-inoq yashashi uchun zarur sharoitdir.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube