22-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.
Tadbirni Xitoy Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chen Sze, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ochib berdi.
Pekinda bo‘lib o‘tayotgan forumda bugun O‘zbekiston va Xitoy universitetlari hamkorligi to‘g‘risidagi Pekin deklaratsiyasi imzolandi.
Deklaratsiya e’lon qilinganidan so‘ng, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlarni imzoladi.
Memorandum imzolash marosimida O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi.