23 – noyabr xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuni. Shu munosabat bilan bugun universitetda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda OʻzDJTU hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitish hamda doktorantura yoʻnalishida ham fransuz tilini  oʻqitish yoʻnalishlari tashkil etilish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Tadbirda Fransiya elchixonasidan madaniy masalalar boʻyicha elchi maslahatchisi janob Loran Oriol, Taʼlim va universitetlararo hamkorlik boʻyicha  janob Serj Bellini, Fransiyada oliy taʼlim olishga koʻmaklashuvchi Kampus Frans tashkiloti vakili Sipriyen Lerua hamda Oʻzbekiston milliy universiteti vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, qator viloyatlardagi chet tillari universitetlarning vakillari ushbu tadbirda online tarzda qatnashishdi.

2023-11-23 07-45

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi