24-noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabalari N. Rustamova, S. Boynazarova hamda Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova tomonidan Uchtepa tumanidagi 283-maktabda “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish” markazi doirasida navbatdagi ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bu safargi mashg‘ulot “Story Time Circle” mavzusiga bag‘ishlanib, ayniqsa 5–7-sinf o‘quvchilari uchun juda qiziqarli tarzda tashkil etildi.

Dars davomida bolalar:
- o‘zlari o‘ylab topgan kichik hikoyalarni aytib berishdi;
- bir-birining hikoyalarini tinglashdi;
- ingliz tilida yangi so‘zlarni qo‘llab ko‘rishdi;
- tasavvur va ijodkorliklarini namoyon qilishdi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar ingliz tilida gapirishga bo‘lgan ishonchini oshirdi, o‘z fikrini sodda va tushunarli tarzda ifoda etishni mashq qildi. Eng muhimi, ular ingliz tilini o‘rganish o‘yin, ijod va erkin tafakkur orqali yanada maroqli bo‘lishini yana bir bor his qildilar.