14-yanvar kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi.

 

 

Mazkur dars “Mystery Riddles & Brain Teasers” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarning til ko‘nikmalari bilan bir qatorda mantiqiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar:
-sirli topishmoqlar va mantiqiy savollar orqali tafakkur doirasini kengaytirdilar;
-ingliz tilida og‘zaki nutqni faol mashq qildilar;
-tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi;
-muammolarga ijodiy yondashish qobiliyatini rivojlantirdilar.

Shuningdek, dars jarayonida “to be going to” grammatik mavzusi kelajakdagi reja va niyatlarni ifodalash misolida tushuntirildi. O‘quvchilar ushbu grammatik tuzilmani kundalik hayotga oid vaziyatlar asosida gaplarda qo‘llab, amaliy mashqlar orqali mustahkamlab oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube