25-fevral kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etildi.

 

 

Mazkur mashg‘ulot “Reading & Writing: Skimming, Scanning Types and Their Usage While Reading” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruh o‘quvchilari bilan olib borilib, ularning o‘qish va yozish kompetensiyasini yanada mustahkamlash, B2 darajaga mos strategiyalarni shakllantirishga qaratildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga skimming va scanning o‘qish strategiyalarining turlari batafsil tushuntirildi. Amaliy mashqlar orqali o‘quvchilar matndan asosiy g‘oyani aniqlash, muayyan ma’lumotni tez topish hamda o‘qilgan matn asosida qisqa yozma javoblar tuzish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Dars jarayonida interaktiv yondashuv va tahliliy topshiriqlar qo‘llanilib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi hamda tezkor ishlash malakalari rivojlantirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube