3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Tarjimonlik fakulteti tyutori Islamova Nodira va unga biriktirilgan talabalar tashabbusi bilan 199-maktab ixtisoslashgan ta’lim muassasasida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — mehr-muruvvat, hamjihatlik va ijtimoiy faollik qadriyatlarini yoshlar ongida mustahkamlash, shuningdek, ehtiyojmand bolalarga e’tibor va ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalar bolalar uchun turli sovg‘alar, kitoblar va zaruriy o‘quv anjomlarini topshirishdi. Shuningdek, ular bilan samimiy suhbatlar, kichik sahna ko‘rinishlari va quvonchli o‘yinlar tashkil etildi, bolalarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Ushbu ezgu tashabbus o‘quvchilar qalbida mehr va e’tibor uyg‘otdi, talabalarda esa ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun mazmunli va unutilmas bo‘ldi.