3-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Dissertatsiya ishlari ilmiy seminarining navbatdagi yig‘ilishi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi

Seminar davomida Dvoryashina Viktoriya Sergeyevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Jon Steynbek ijodida travelog janrining o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Taqrizchilar – dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi va metodik yondashuvlarini tahlil qildi, konstruktiv tavsiyalar berdi.

Muhokamalar yakunida dissertatsiya ixtisoslik talablariga javob berishi ta’kidlanib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Seminar oflayn va onlayn formatda yuqori saviyada,  samarali ruhda bo‘lib o‘tdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube