4-noyabr kuni Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchixonasi Jazoirning 70 yillik milliy bayramini nishonladi.
Shu munosabat bilan Tashkent Citydagi Hilton mahmonxonasida maxsus bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirga O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov, oliygohimiz professor-o’qituvchilari va Jazoirda tahsil olib kelgan talabalarimiz taklif etildi.
Bayram tadbiri qiziqarli, yorqin kayfiyatda, koʻtarinki ruhda oʻtdi. Dastur ishtirokchilari ikki davlat madaniyati, turli sohalardagi hamkorliklar va boshqa zarur ma’lumotlardan boxabar boʻlishdi.