4-sonli talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganildi
22-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari va mas’ul xodimlar bilan birgalikda 4-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida suv ta’minoti, yashash sharoiti, jihozlarning holati o‘rganildi. Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilinib, ularni yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi.
Rektor talabalarning turar joy sharoitlari bo‘yicha fikr va takliflarini tinglab, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.