“Aleksandr Faynberg hayot maktabi” ijodiy-seminari
9-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakultetida Alisher Navoiy stipendiyasi sohibasi Abdumalikova Sevinch tomonidan “Aleksandr Faynberg hayot maktabi” nomli ijodiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talabalarga Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, universitetdagi mavjud imkoniyatlar, turli tanlovlar hamda adib nomidagi stipendiya nizomi yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi. Stipendiya sohibasi sifatida Sevinch Abdumalikova o‘zining ijodiy izlanishlari, ilmiy yondashuvlari va bakalavr davridagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir interfaol ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Seminar ishtirokchilari “Men Stipendiatman” (https://t.me/stipendiatlaruz) loyihasiga qabul qilindi:
Tadbir yakunida Sevinch Abdumalikovaning ilmiy rahbari Nazokat Sadullayeva tomonidan ham talabalarga foydali va amaliy tavsiyalar berildi.
Ilmga qiziqish va ijodiy izlanishlarga boy ushbu seminar talabalar uchun muhim motivatsion platformaga aylandi.