APELLYATSIYA BERGAN TALABALAR UCHUN MUHIM E’LON!
Davlat granti o‘rinlarini taqdim etish va qayta taqsimlash masalalari bo‘yicha apellyatsiya arizasi topshirgan barcha talabalar uchrashuvga taklif etiladi.
Sana: 2026-yil 10-avgust
Vaqti: 10:00
Manzil: O‘zDJTU Asosiy binosi, 7-qavat, Kichik majlislar zali
Uchrashuv davomida:
• apellyatsiya murojaatlari yuzasidan komissiya tomonidan tushuntirishlar beriladi;
• talabalar murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
• qiziqtirgan savollarga javob beriladi.
Apellyatsiya topshirgan barcha talabalar belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan ishtirok etishlari so‘raladi.
2026-08-07 08-23