AQSHning Washington, D.C. shahrida boʻlib oʻtayotgan Association of International Education Administrators (AIEA) konferensiyasining ikkinchi kunidagi anjumanda universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov faol ishtirok etdi.
Shuningdek, rektor American University, William Paterson University, Elon University, Missouri Southern State University, Virginia Commonwealth University vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Bundan tashqari, Studyportals, IELTS, Global Gateway Advisors, MPower Financing hamda turli davlatlardan kelgan taʼlim tashkilotlari vakillari bilan ham muloqotlar olib bordi.
Muloqotlarda xalqaro hamkorlik istiqbollari, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi masalalari muhokama qilindi.