Aziz va qadrli abituriyentlar!

Aziz va qadrli abituriyentlar!

Bugun siz hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. 2026/2027-o‘quv yili uchun yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tanlab, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan barcha yoshlarni chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bu natija — sizning yillar davomida qilgan mehnatingiz, tinimsiz izlanishlaringiz, bilim olish yo‘lidagi intilishingiz va katta orzularingiz sari qo‘ygan muhim qadamingizning munosib samarasidir.

Ayniqsa, bugungi quvonchli kuningizda sizni qo‘llab-quvvatlab, har bir qadamingizda yoningizda bo‘lgan ota-onalaringizni ham samimiy muborakbod etaman! Farzandining talaba bo‘lganini ko‘rish — har bir ota-ona uchun eng katta baxt va faxrlardan biridir.

Aziz talabalar, O‘zDJTU sizni katta orzular, yangi imkoniyatlar va unutilmas talabalik yillari bilan kutib oladi. Ishonamanki, siz universitetimizning munosib, bilimli va faol talabalaridan bo‘lib, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shasiz.

Talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin!

Yangi hayot bosqichingizda sizga mustahkam iroda, ulkan zafarlar, ilm yo‘lida yuksak marralar va o‘qishlaringizda omad tilayman!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
Ilxomjon Tuxtasinov

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube