30-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Bitiruvchi talaba-yoshlar festivali” tashkil etildi.

Dastlab tadbirni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich kirish soʻzi bilan ochib berib, bitiruvchi yoshlarning kelajakdagi ishlariga omad tiladi. 

Talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan turli qiziqarli oʻyinlar va “Yangi bolalar” jamoasining hazillari barcha tadbir ishtirokchilariga o’zgacha yuqori kayfiyat berdi.

Dastur davomida taqdim etilgan mashhur blogerlar chiqishlari, universitetning iste’dodli talabalari tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar kechaga yanada yorqinlik bagʻishladi.

Tadbir soʻngida talabalar uchun raqs kechasi tashkil etildi. 

Yakunda bitiruvchi talabalar yorqin xotiralar bilan oʻquv dargohini tark etishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube