Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni - 1925-yilda Jenevada bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan. Shundan buyon, jahonning ko‘plab mamlakatlarida 1-iyun kuni xalqaro miqyosda nishonlanadi. O‘zbek xalqi ham azal-azaldan bolajon xalq hisoblanadi. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormang, bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning guvohi bo‘lasiz.  Yosh avlodni jismonan va maʼnan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Shu munosabat bilan 1-iyun kuni O'zDJTU Amaliy fanlar N3 kafedrasi professorlari tomonidan Uchtepa tumani "Birlik" mahallasida joylashgan 465-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, u yerdagi bolajonlarga sovg’alar ulashildi hamda ular bilan birgalikda bayram ko’tarinki ruhda nishonlandi.

   

Zero, Bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini barcha o‘sib kelayotgan bolajonlarga ayniqsa, muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga ishonch uyg‘otishdir.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube