Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant shou” tanlovining “Milliy va xorij raqslari” yo‘nalishi bo‘yicha universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov iqtidorli va iste’dodli talabalarni aniqlash, ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, milliy hamda jahon raqs san’atini targ‘ib etish, shuningdek, yoshlarni san’at sohasida faol ishtirok etishga rag‘batlantirishga qaratildi. Ishtirokchilar yakkaxon va jamoaviy ijrolar orqali sahna madaniyati, ijro mahorati hamda raqs san’atiga bo‘lgan yuksak didini namoyon etdilar.
Yakkaxon ijro g‘oliblari:
• 1-o‘rin — Fatullayeva Sarvinoz Shuxratovna
(Ingliz filologiyasi fakulteti, 1-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
• 2-o‘rin — Karimova Marjona Baxtiyor qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
• 3-o‘rin — Allamberganov Boyqomus Bahodir o‘g‘li
(Ingliz tili birinchi fakulteti, 2-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Jamoaviy ijro g‘oliblari:
1-o‘rin —
Axmedova Go‘zal Ahror qizi (Ingliz tili ikkinchi fakulteti)
Nigmatova Sevinch Xojiakbar qizi
(Filologiya Ingliz tili Kechki va sirtqi talim fakulteti, 1-bosqich) — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.
2-o‘rin —
Samandarova Gulsanam Ilhom qizi,
Rustamova Sevinch Olim qizi,
Mahmudova Nozima Otabek qizi
(Ingliz filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.
3-o‘rin —
Kurbanova Dinara Sohibovna,
Abduxalilova Zara Umidovna,
Abduganiyeva Xulkaroy Anvarjon qizi,
Solieva Havasxon Ismoiljon qizi,
Tuygunova Rukiya Ubaydulla qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 1-bosqich) — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar:
• “Eng yaxshi raqs ijrochisi” — Velieva Roksana Ramil qizi
(Rus filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
• “Eng yaxshi milliy raqs” — Tangriyeva Dilnoza Hazratqul qizi
(Roman-german filologiyasi fakulteti, 1-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
• “Eng yaxshi xorij raqs” — Erkinova Moxinur Zafarjon qizi
(Angren xorijiy tillar fakulteti, 1-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
• “Eng yaxshi jamoaviy ijro” — Azamqulova Shahzoda Sherzod qizi, Usmonova Adashxon Sharobiddin qizi, Temirova Shahloxon Hamid qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 2-bosqich talabalari jamoasi) — tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan barcha talabalar universitet rahbariyati tomonidan munosib e’tirof etildi. Ushbu ijodiy bellashuv yoshlarning raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirib, ularning sahnadagi mahoratini namoyon etdi.