Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi devoriy gazetalar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarning korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tayyorlagan ijodiy ishlari namoyish etildi.
Ishtirokchilar o‘z devoriy gazetalarida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurash yo‘llari, halollik va adolat tamoyillari hamda korrupsiyasiz boshqaruv g‘oyalarini o‘ziga xos ijodiy yondashuvlar orqali ifodaladilar. Talabalar taqdimot jarayonida yaratgan ishlarini sharhlab, undagi g‘oya, tasvir va mazmun haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi. Jarayonda universitet rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Hoshimov, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimov ijodiy ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
Universitet bosqichi g‘oliblari 4-dekabr kuni aniqlanadi. Tanlov talabalarda halollik, adolat va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.