Bugun O‘zDJTUda 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab, "Muallim olamning yorug‘ chirog‘i" deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Universitet rahbariyati valiklari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari jam bo‘lgan bayram tadbirini rektor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda barcha murabbiylarga bayram tabrigini yo‘lladi.

Shundan so‘ng, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlarga bayram sovg‘alari ulashildi. O‘qituvchi va murabbiylarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. 

Shuningdek, san’atkorlar tomonidan bayram tabrigi yo‘llanib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube