Buyuk Britaniyada “Britaniya–O‘zbekiston ta’lim forumi” bo‘lib o‘tmoqda

 

15-may kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida “Britaniya–O‘zbekiston ta’lim forumi” boshlandi. Mazkur nufuzli tadbirda har ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etmoqda.

 

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O. Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov ham ishtirok etmoqda.

 

Forumning 15-may kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi. Ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.

 

Shu kuni O. Yusupov “El-yurt umidi” jamg‘armasi grantlari asosida Angliyaning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda respublikaning boshqa OTMlari talaba va doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Forum 16-may kuni Vestminster universitetida davom etadi. Unda O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik vakillari sohada mavjud muammolar va imkoniyatlar bo‘yicha fikr almashadilar, ikki tomonlama muzokaralar tashkil etiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube