3-may kuni “Coursera” taʼlim kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha xududiy direktori Kan Eduard OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida OʻzDJTU rektor I. Tuxtasinov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorector M. Chutpulatov, OTM pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A. Abidjanov, OTM pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi mutaxassisi A. Kayumov, 2-ingliz tili fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi №2” kafedrasi tili katta oʻqituvchisi Y. Abduraimova hamda mehmonlar ishtirokida uchrashuv tashlik etildi.
Uchrashuv avvalida I. Tuxtasinovning OʻzDJTU faoliyati haqidagi maʼlumoti, shuningdek, Kan Eduardning kompaniya faoliyati va “Coursera” taʼlim platformasi haqidagi maʼlumoti taqdim etildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda “Coursera” elektron taʼlim platformasini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari taʼlim jarayoniga tatbiq qilish, Platformani OʻzDJTU oʻquv reja va dasturlariga adaptatsiya qilish va trenerlar tayyorlash, Platformalardan OʻzDJTU ingliz tili guruhi talabalarini oʻqitishda foydalanish imkoniyatlari masalasida muhokamalar boʻlib oʻtdi.