Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
20-fevral kuni 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning ingliz tilida fonetik kompetensiyasini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaning ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir an’anaviy hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokama jarayonida rasmiy opponentlar ishtirok etib, tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Seminar davomida dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy qarashlar va metodik yondashuvlar atroflicha tahlil qilindi, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga izlanuvchi asosli javoblar taqdim etdi hamda ilmiy ishni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
