Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Anorboyeva Solixa Asqarjon qizining dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda tadqiqotchining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ispan tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ispan tilini o‘qitishda talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi hamda ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari alohida e’tirof etildi. Yakunda dissertatsiya belgilangan talablar asosida keyingi bosqichga tavsiya etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.