Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Axmedova Aziza Komilovaning dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda tadqiqotchining 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Sinkler L’yuis nasrida badiiy obraz psixologizmi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayoni ilmiy savol-javoblar asosida, konstruktiv ruhda o‘tdi. Yakunda dissertatsiya ishi ilmiy talablarga muvofiq ekani qayd etilib, uni belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish yuzasidan xulosa berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube