Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Satibaldiyev Erkinjon Kamilovichning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Media matnlarni tarjima qilishda plyuralingvizm va lingvistik ustunlikning pragmatik jihati (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Ilmiy seminar davomida dissertatsiya ishining mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi va tadqiqot natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tadqiqotchi tomonidan berilgan savollarga javoblar tinglandi hamda ish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.
Ilmiy seminar yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar bildirildi.
2026-08-19 03-23