Fransiyaning Puatye (Poit iers) universitetiga ERASMUS+ dasturi boʻyicha 2024-2025 o’quv yilining 2-semestri uchun akademik mobillik dasturi asosida Fransuz tili yoʻnalishi 3-bosqich magistr talabalarini oʻqishga yuborish tanlovini eʼlon qilamiz!
- Erasmus+ Student Mobility – 2 ta oʻrin (Poitiers universitetiga);
- Dastur davomiyligi: Student Mobility – 5 oy.
AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ MUVOFIQ BO‘LSANGIZ, ARIZANGIZNI KUTAMIZ!
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zDJTU Magistratura fakultetining Fransuz tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi boʻlishi;
- Tilni mukammal bilishi (fransuz tili);
- Avval Erasmus+ dasturida qatnashmagan bo‘lishi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi);
- Rezyume (CV, fransuz tilida);
- Chet tili (fransuz) kamida B2 darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
- Turli sertifikatlar, sovrinlar, mukofotlar, maqolalar kabi hujjatlar;
- Milliy va xorijiy komissiya tarkibi asosida suhbat (fransuz tilida);
Motivatsion xatda:
- Nomzod haqida qisqacha ma’lumotlar, tanlangan soha bo‘yicha kasbiy tajribasi (agar mavjud bo´lsa), dasturda ishtirok etish maqsadi, akademik mobillik oʻqishini bitirib kelganidan keyingi kutilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar yoziladi.
Ariza topshirishning muddati: 20/10/2024 dan 30/10/2024 yil sanasiga qadar
Tayyorlangan barcha hujjatlar Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi Xalqaro ishlar bo’yicha mas’ul M.Uzkinovga topshiriladi.