O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil 24-oktabr kuni “Ispan tilining O‘zbekistonda rivojlanishi: tarixiy kontekst, yangi imkoniyatlar va zamonaviy tendensiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar faoliyat olib boradi:

  1. Ispan tilini o‘qitishda xalqaro tajribaga asoslangan samarali metodlar;

  2. O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyoda ispan tilining dolzarbligi: tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy kontekst;

  3. Chet tillarni o‘rganishda zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va ko‘p tillilik imkoniyatlari;

  4. Lingvistika, xorijiy adabiyotshunoslik va lingvomadaniy tadqiqotlarning dolzarb muammolari;

  5. Tarjimashunoslikning zamonaviy muammolari: lingvistik va madaniy jihatlar (ekvivalentlik, adekvatlik, so‘zma-so‘z va erkin tarjima, audiovizual tarjima, dublyaj, subtitr va boshqalar).

Axborot xati

Maqolalarni 2025-yil 30-sentabrgacha yuborish so‘raladi:
Email: ozbekispan@gmail.com
Telefon / WhatsApp / Telegram: +998909580782 (Nigina Mirzayeva)

Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 4-uy.
Google Maps 1: https://maps.app.goo.gl/hwMngZhDYgxKPumCA
Google Maps 2: https://maps.app.goo.gl/a9bo25E1sBaz8Vyt7

So`nggi yangiliklar

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube