6-dekabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elsevier” kompaniyasi vakillari ishtirokida “Science Direct” xalqaro maʼlumotlar bazasi milliy obunasiga bagʻishlangan Forum” oʻtkazildi.

Forumda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov, Taʼlim muassasalari faoliyatini tahlil etish boshqarmasi boshligʻi Sherzod Nematov, Elsevier kompaniyasining vakillari va koʻplab oliy taʼlim muassasalarining rektorlari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari ham qatnashdi.

Forum doirasida Olimning raqamli profili va undan samarali foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, Scopus maʼlumotlar bazasida nashr etish boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan olimlar va tashkilotlarni taqdirlash marosimi boʻlib o'tdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube