ERASMUS+ dasturi doirasida akademik mobillik granti sohibi aniqlandi

ERASMUS+ dasturi doirasida akademik mobillik granti sohibi aniqlandi

2-iyun kuni Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasida ERASMUS+ dasturining “Staff Mobility” loyihasi doirasida 2027-yil iyul oyining oxirigacha amalga oshiriladigan 10 kunlik grant uchun nomzodlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining Action Planlari hamda ilmiy-pedagogik faoliyati natijalarini kafedra jamoasiga taqdim etdilar. Nomzodlar Action plan, xo‘jalik shartnomalari, hammualliflikdagi impakt-faktorli maqolalar, SCOPUS jurnallarida maqola chop etish rejalari, OAK jurnallaridagi ilmiy maqolalari hamda kafedradagi ijtimoiy faolligi asosida baholandi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, f.f.f.n. (PhD), dotsent Islom Minniqulov g‘olib deb topildi va ERASMUS+ dasturi asosida Ruminiyadagi Alba Yuliya universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kafedra jamoasi Islom Minniqulovni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etib, ilmiy va pedagogik faoliyatida yangi yutuqlar tilaydi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube