GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — SOG‘LOM KELAJAK SARI QADAM

GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — SOG‘LOM KELAJAK SARI QADAM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-sentabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son Farmoni mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida fakultetda profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda IPMBIB mutaxassisi M. Yuldosheva ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak sari qadam” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Unda talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikning salbiy oqibatlarini aks ettirib, sog‘lom va farovon hayot tarzining ahamiyatini targ‘ib etdilar.

Tadbir yakunida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda zararli illatlardan yiroq bo‘lishga chaqirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube