Hamkorlik davom etmoqda 

2025-yil 23-dekabr kuni Chilonzor tumani 283-umumta’lim maktabida xitoy tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mashg‘ulot Sharq filologiyasi fakulteti 2324-guruh talabasi Chorshanbiyeva Shahzoda tomonidan tashkil etildi.

Dars jarayonida xitoy tilida hafta kunlari mavzusi doirasida to‘garak o‘quvchilari bilan 口语 (og‘zaki nutq) mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulot davomida nafaqat yangi mavzu o‘rganildi, balki avvalgi mavzular yuzasidan egallangan bilimlar ham amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlandi.

Shuningdek, mashg‘ulotda interaktiv o‘yinlar va zamonaviy pedagogik metodlardan samarali foydalanildi. Bu esa o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirib, xitoy tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Mazkur mashg‘ulot xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda nazariy bilimlarni amaliy nutq orqali mustahkamlashga yo‘naltirilgan samarali ta’lim jarayoni sifatida e’tirof etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube