Ijara xonadonlarida talabalar bilan xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Ijara xonadonlarida talabalar bilan xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holidan xabar olish tashrifi davomida ularning yashash sharoitlari bilan bir qatorda xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, talabalar bilan is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz plitalari va boshqa maishiy gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, xonalarni muntazam shamollatib turish hamda gaz hidi sezilganda qanday choralar ko‘rish lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, ijara xonadonlarida elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmaslik, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda favqulodda vaziyatlarda tegishli xizmatlarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida talabalar yashayotgan xonadonlardagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, ularning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Talabalar bilan bunday uchrashuv va o‘rganishlar ularning xavfsizligi, farovonligi hamda yashash sharoitlarini doimiy nazorat qilib borishga qaratilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube