“Ilmdan biznesga qadam” shiori ostida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Universitetda Ingliz filologiyasi, Roman-german filologiyasi va Sharq filologiyasi fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirga O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov rahbarlik qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori asosida bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, haq to‘lanadigan kasbiy amaliyot hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlar uchun joriy etilgan quyidagi imtiyozli kredit dasturlari tushuntirildi:
“Kelajak tadbirkori” – 20 mln so‘mgacha
“Biznes start” – 300 mln so‘mgacha
“Biznes progress” – 2 mlrd so‘mgacha
“Talaba invest” – 10 mlrd so‘mgacha
Uchrashuvda "Teach for Uzbekistan" nodavlat ta’lim loyihasi vakili Yodgor Inomjonov tomonidan bitiruvchi bosqich talabalarga metodik yordam, CV to'ldirish hamda vakant ish o'rinlari bo'yicha tushuntish berildi.
Shuningdek, joriy yil 24-fevral kuni Prezident tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari ham muhokama qilinib, universitet Karyera markazi faoliyati hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot belirdi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.