Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi oʻqituvchisi X.A.Nabiyeva tomonidan 2024-yilning 16-dekabr kuni kafedra a'zolari va 3-bosqich talabalari ishtirokida "Tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi" mavzusida ilmiy seminar o'tkazildi.
Ilmiy seminarda kommunikativ kompetensiya tushunchasi, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalarning ijtimoiy moslashuv holati, ularning bilim-ko'nikmalarini rivojlantirish metodlari haqida so'z yuritildi. Suhbat jarayonida kafedra o'qituvchisi M.Xasanov tomonidan mavzuning dolzarbligi, uning ham nazariy, ham amaliy ahamiyati haqida fikr bildirildi. Talabalar ham o'zlarini qiziqtirgan savollari bn faol ishtirok etdilar.