20-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari N2 kafedrasida “Filologiya yo’nalishi talabalarining tanqidiy fikrlashini ingliz tilida o’qish strategiyalari orqali rivojlanitirish” mavzusida ilmiy seminar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Dastur kafedra o’qituvchisi Muratova Nargiza Baxramovna tomonidan barcha kafedra a’zolari ishtirokida filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali o‘qitish strategiyalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Seminar mavzusi nafaqat filologiya, balki zamonaviy global muhitda raqobatbardosh bo‘lish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, tadbir davomida tanqidiy fikrlashning ahamiyati, ingliz tilida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yondashuvlar, darslarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish bo‘yicha texnikalar masalalari borasida ma’lumotlar taqdim etildi.
Ta’kidlash oʻrinli, talabalarga bu ko‘nikmalarni o‘rgatish ko‘p vaqt va izchil mehnat talab qiladi, ammo natijalar o‘zini oqlaydi.