Ingliz filologiyasi fakultetining yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan 2025–2026 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda quyidagi yo‘nalishlar kesimida fakultet faoliyati tahlil qilindi:
- o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar;
- ilmiy tadqiqotlar va chop etilgan maqolalar;
- xalqaro hamkorlik doirasidagi tashriflar, loyihalar va almashinuv dasturlari;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
- moddiy-texnik ta’minot;
- o‘quv yili davomida mavjud bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
- 2026–2027 o‘quv yiliga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlar va rivojlanish rejasi.
Mazkur hisobot o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpulatov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor V.A. Sadiyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Y. Yusupov hamda moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor M.S. Xamrayev ishtirokida tinglandi.
Taqdimot davomida fakultetning 2025–2026 o‘quv yilidagi faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusi o‘quv yilida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.