12-yanvar kuni Ingliz tili 3-fakulteti dekani I. Xaydarov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Jakbarov, tyutorlar Z. Xolmurodova, Sh. Qodirova, M. Avazova hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi J. Sayliyeva tashabbusi bilan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan “Giyohvandlikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Tadbir davomida mas’ul inspektor tomonidan giyohvand moddalarning inson salomatligi va hayotiga yetkazadigan og‘ir oqibatlari batafsil tushuntirildi, shuningdek, mazkur illat bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun belgilangan qonuniy javobgarlik choralari haqida ma’lumot berildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv yoshlar orasida sog‘lom turmush tarziga sodiqlikni kuchaytirish, zararli odatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda talabalarning huquqiy ongi va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.