“Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida umumprofilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi
Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish maqsadida mazkur mavzuda tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Xamdamov ochib berdi. U globallashuv davrida turli yot g‘oyalar va axborot xurujlariga qarshi kurashishda ilm-fan, ma’rifat va mustaqil fikrlash muhim ekanini ta’kidladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni zararli ta’sirlardan asrash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish va internetdan oqilona foydalanish haqida fikr bildirdilar: Toshkent Islom instituti mas’ul yetakchi ilmiy mutaxassisi I.Junaydullayev, universitet ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Xabiyeva hamda universitet profilaktika inspektori S.Sherboyev.
Yakunda talaba-yoshlar o‘z savollariga javob oldilar hamda ularni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish eng muhim vazifa ekani ta’kidlandi.