Joriy yilning mart oyida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslari davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari OTMlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka kurslari izchil tashkil etilmoqda.

 

 

Mazkur kurslar doirasida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining ilmiy va kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Mashg‘ulotlar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, metodika yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar pedagogika fanlari doktori, professor Raxmonov Azizxon Bositxonovich tomonidan olib borildi. Malakali mutaxassis tomonidan tashkil etilgan darslar davomida samarali o‘qitish usullari, metodik yondashuvlar hamda amaliy tajribaga asoslangan yechimlar keng yoritildi.

Tarmoq markazida amalga oshirilayotgan ushbu kurslar xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube