“Kasbiy rivojlantirish soati” tadbiri tashkil etildi

2026-yil 16-yanvar kuni Chilonzor tumani MMTB tasarrufidagi Toshkent shahar 280-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi dotsent v.b., f.f.f.d. (PhD) Rasulova Nilufar Abduvossiyevna hamda o‘qituvchi Babanov Bahodir Abdukadirovich tomonidan “Kasbiy rivojlantirish soati” mavzusida master-klass tashkil etildi.

 

 

Mazkur tadbir maktabning ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishtirish, kreativ fikrlash, muammolarni hal etish hamda muloqot ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.

Master-klass jarayonida ishtirokchilar amaliy tajribaga asoslangan yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab, jamoaviy ruh va kasbiy ishonchni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning professional rivojiga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube