“KELAJAKKA YÖL — XORIJIY TILLAR BILAN”: ÖZDJTU XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI ÇILONZOR TUMANIDA OÇILDI

“KELAJAKKA YÖL — XORIJIY TILLAR BILAN”: ÖZDJTU XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI ÇILONZOR TUMANIDA OÇILDI

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan umumta’lim maktablari öquvçilarining xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning bilim va amaliy könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy ta’lim metodikalarini keng joriy etiş hamda maktab va oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” şiori ostida xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazlari taşkil etilmoqda.

21-oktabr kuni mazkur taşabbus doirasida Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazi Çilonzor tumanidagi 280-umumta’lim maktabida tantanali ravişda oçildi.

Tadbirda universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boşçiligidagi universitet rahbariyati vakillari hamda Çilonzor tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği Farhod Öraloviç Keldiyorov iştirok etdi.

Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirda sözga çiqib, markaz faoliyatining maqsad va vazifalari, xorijiy tillarni öqitişda zamonaviy yondaşuvlarni qöllaş, öquvçilarning til bilimi va muloqot könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, maktab va universitet örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Markaz öquvçilarning xorijiy tillarni çuqur örganişi, amaliy maşğulotlarda iştirok etişi va kelgusidagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirişi uçun muhim maydon bölişi ta’kidlandi.

Şuningdek, 280-umumta’lim maktabi direktori Kim Yelena Vitalyevna markazning oçilişi maktab öquvçilari uçun yangi imkoniyatlar yaratişi, xorijiy tillarni örganiş samaradorligini oşirişi hamda ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalardan foydalanişni kengaytirişdagi ahamiyatini qayd etdi.

Tantanali marosim doirasida mehmonlar ramziy lentani kesib, yangi ta’mirlangan va zamonaviy jihozlangan öquv xonasi bilan tanişdilar. Markaz faoliyatini yölga qöyiş va rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida universitet tomonidan maktabga zamonaviy xalqaro öquv adabiyotlari, işçi daftarlari va innovatsion qöllanmalardan iborat kitoblar töplami sovğa qilindi. Uşbu adabiyotlar öquvçilarning bilim doirasini kengaytiriş, mustaqil ta’lim olişini qöllab-quvvatlaş hamda xorijiy tillarni özlaştiriş samaradorligini oşirişga qaratilgan.

Markaz faoliyatida maktab va universitetdan jalb etilgan volontyorlar ham iştirok etadi. Ular öquvçilar bilan tanişib, xorijiy tillarni örganiş böyiça öquv rejalari va innovatsion metodikalar haqida suhbatlaşdilar.

Çilonzor tumanidagi 280-maktabda Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazining oçilişi maktab ta’limi va oliy ta’lim örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi hamda ularning kelajakdagi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube