Kembrij universiteti vakillari O‘zDJTUda

2025-yil 8-iyul kuni Kembrij universiteti vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Kembrij universitetining O‘zbekiston loyihalari uchun mas’ul dastur rahbari Xien Lu, loyiha menejeri Renata Mjoxa-Rivz hamda moliyaviy menejer Xazem Aldubush OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari bilan uchrashdi.

 

 

Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulаtov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori J. Abduganieva, ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limi boshlig‘i K. Аlimova hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha mas’ul mutaxassis M. Musabekova ishtirok etdi.

 

 

Dastur davomida:
- CELTA, TKT va DELTA kabi xalqaro sertifikatlash tizimlarini mahalliy ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari;
- uslubiy qo‘llanmalarni mahalliy kontekstga moslashtirish;
- o‘qituvchilarning metodikasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish bo‘yicha strategik rejalash;
- qo‘shma malaka oshirish kurslari va tajriba almashinuv dasturlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Kembridj bilan hamkorlikda qo‘shma sertifikatlash tizimini yaratish, ikki tomonlama diplom yoki modul asosida baholash tizimini joriy etish, qayta tayyorlash markazining infratuzilmasi bilan tanishish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar kelishib olindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube