14-may kuni O’zDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash doktoranturada tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini ko’rib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash bo’yicha 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida O’zDJTU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limining mustaqil tadqiqotchilik yo’nalishiga hujjat topshirayotgan tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida o’z mavzularini muhokamadan o’tkazdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Tolibjonovna Axmedova raisligida a’zolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi o’ziga xos ahamiyati haqida gapirilib, kerakli mulohazalar berildi.

2024-05-16 03-59

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi