Kengash davomida ilmiy daraja olganlar va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shganlar taqdirlandi
2026-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi yig‘ilishi davomida ilmiy faoliyatda muhim natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildi.
Ilmiy daraja olganlar:
– Abdullayeva Feruza Suyunovna – pedagogika fanlari doktori (DSc)
– Ziyadullayev Ilhom Oblakulovich – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
– Rajabova Maftuna Ikrom qizi – siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
– Ismailova Gulnoza Odiljon qizi – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
– Nazarova Rayxon Shavkatovna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Ular ilmiy darajani qo‘lga kiritgani munosabati bilan tabriklanib, noutbuklar bilan taqdirlandi.
Ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shganlar:
– Yuldashev Akmal Gulamjanovich – Scopus bazasida H-index 4 natijaga erishgani uchun
– Juraeva Nilufar Dalibayevna – Scopus bazasida H-index 3 natijaga erishgani uchun
– Baxronova Dilrabo Keldiyorovna – Scopus bazasida H-index 3 natijaga erishgani uchun
Ular ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun har oylik maoshiga nisbatan 20 foiz rag‘batlantirish vaucheri bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tiroflar universitetda ilmiy salohiyatni oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida qayd etildi.