KENGAYTIRILGAN KAFEDRA ILMIY MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI
16-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi.
Muhokamada 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda metodik yondashuvlari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar qabul qilindi.
2026-06-17 12-37